O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan hakamlar saviyasini oshirish va mahoratini sayqallab borishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun 1 fevral kuni Farg`onada Superliga hakamlari uchun o`quv-mashg`ulot seminari boshlandi.
Hakamlar o`quv-mashg`ulot seminari davomida jismoniy testlar topshirishadi, o`rtoqlik uchrashuvlarida hakamlik qilishadi, tayerlangan video materiallar asosida savollarga javob berishadi, o`yin qoidalariga kiritilayotgan yangiliklardan xabardor bo`lishadi, amaliy mashg`ulotlarda qatnashishadi va shu yo`l bilan ular 2019 yilgi mavsumga tayyorlanishadi. Seminarni O`FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti boshlig`i Ma`mur Saidqosimov va Vladislav Tseytlin olib borishmoqda.
Mazkur seminar 10 fevralga qadar davom etadi.