Ro‘ziqul Berdiyev: Kuchli raqibdan 3 ochko olish yoqimli

Superliga 5-turidan o‘rin olgan Nasaf – Navbahor (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi raqibimiz juda tajribali futbolchilarga ega ekanligi va yaxshi o‘yin namoyish etishini kutgan edik. Navbahor bellashuvni  5 ta himoyachi bilan boshlashini kutmagan edik. Biz o‘yinni anglab olguminizga qadar, 2 ta gol o‘tkazib yubordik. Shunga qaramasdan, ishonch bor ekanligi g‘alabaning asosiy omili bo‘ldi. Ikki marotaba orqada borib ham, yigitlar oxirigacha kurashdi. Kuchli raqib bilan uchrashuvda 3 ochko ishlash doim yoqimli.

Penaltini futbolchilarning o‘ziga qoldirgan edik bu masalani. Maydonda Abduvohid va Marko kelishgan xolda qaror qabul qilishdi va bu to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Albatta, biz yana ham kuchliroq bo‘lishimiz kerak. Davralar oralig‘idia ba’zi bir variantlarni ko‘rib chiqamiz. 

Sherzodning legionerga aylanishi haqida menda hech qanday ma’lumot yo‘q. O‘zi ham bu haqida hech narsa degani yo‘q. Abduvoxidning o‘zi taklif bo‘lganini kelib tushuntirdi. Uning biz uchun qay darajada muhim ekanligini yaxshi bilasizlar. Qaerdadir yozishibdi. Uni ikkinchi darvozabon sifatida ko‘rishayotgan ekan. Ne’matov ikkinchi raqamdagi posbon emas. Bu noto‘g‘ri bo‘ladi. Eron chempionati uni birdan o‘sib ketishiga imkon bermaydi. Menimcha, Nasaf va olimpiya terma jamoasining darajasi Istiqlol yoki Persapolisnikidan balandroq. U bilan gaplashib oldik. Hech qanday e’tiroz bildirgani yo‘q.

Biz uzoq yillardan beri ular bilan birga ishlaymiz. Bu futolda juda muhim. Eng muhim ikkita narsa bor. Ular kontsentratsiya va motivatsiya. Futbolchi busiz maydonga chiqmasligi kerak. Busiz maydonda hech narsa ko‘rsata olmaydi. Ba’zi bellashuvlarda ushbu jihatlar yetmay qoladi, ammo bu ko‘proq futbolchiga bog‘liq. Ular ba’zan oddiy jamoalar bilan o‘yinda yetishmaydi. Hech kimni darajasini ajratmay harakat qilish kerak.

Bu borada ishlayapmiz. Raqibning himoyasini ochish uchun gol kiritishimiz kerak. Afsuski, buni ba’zan uddalay olmayapmiz. So‘g‘diyona bilan bahsda zarbalar soni 23:3 ko‘rinishda bo‘lgan. Afsuski, ba’zan o‘xshamaydi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb