Superliga 5-turidan o‘rin olgan Metallurg – Olimpik (1:4) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Yigitlar bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi. Tayyorlangan edik. Metallurgni o‘rganganimiz naf berdi. Barcha gollarimiz ishlangan edi. Metallurgga omad tilaymiz. Jamoa yomon emas. Yaxshi futbolchilar to‘plangan. Ular bundan yaxshirog‘iga qodir.
Ha, birinchi bo‘limdan so‘ng Mirsaidovda jarohat borligi aniqlandi. Shu bois, tavakkal qilishni istamadik va o‘yindan oldik. Asosiysi, futbolchilar maydonga sog‘-salomat bo‘lib chiqishini istaymiz. Bu futbol. Agar, kimnidir ayamoqchi bo‘lsangiz, bellashuvlarga qo‘ymasligingiz mumkin, biroq mashg‘ulotlar ham bor. Bu peshonaga yozilgan narsa. Har bir futbolchi o‘ziga yaxshi qarasa, jarohatlar bo‘lmaydi. Futbolda kurash ko‘p. Ehtiyot bo‘lish lozim.
Olimpiyadaga boradigan tarkibni e’lon qilishiniz oldidan ko‘plab nomzod futbolchilar o‘zini yaxshiroq ko‘rsatish uchun faol bo‘lmoqda?!
Albatta, bu birinchi navbatda o‘zi uchun yaxshi. Futbolchi sifatida obro‘si o‘sadi. Bu futbolimiz uchun yaxshi. Menga ham bu qiyinchiliklar tug‘diradi. Kimni olish haqida boshqotirishga to‘g‘ri keladi. Shtabimizdagi murabbiylar bilan o‘ylab ko‘rib xulosa chiqaramiz. Ular qanchalar yaxshi formada bo‘lsa, shuncha yaxshi.