Superliga 5-turidan o‘rin olgan Nasaf – Navbahor (3:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Birinchi bo‘lim juda qiziq o‘tdi. 4 ta gol ko‘rdik. Raqibni 3 ochko va birinchi davradagi peshqadamlik bilan tabriklayman. Shunga qaramay, kurash hali oldinda. Navbahor bu chuqurlikdan chiqib ketadi va munosib o‘yin namoyish etadi. Biz hali yana kurashamiz.
Agar statistikaga e’tibor bersangiz, biz deyarli barcha bellashuvlarda raqibdan yaxshiroq harakat qilyapmiz.To‘p nazorati, burchak to‘plari va ko‘plab aspektlarda yaxshi harakat qilyapmiz. Afsuski, gol kiritishni uddalay olmayapmiz. Bugun ikkita gol kiritdik, ammo 3 ta o‘tkazib yubordik. Ikki jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi. Nasafning omadi keldi.
Adashmayotgan bo‘lsam, 7 ta bahsdan beri g‘alaba qozona olmayapmiz. Ruhan va jismonan bugun chekinadigan joyimiz yo‘q edi. Bor kuchimizni tashladik, afsus o‘xshamadi.
Bu borada deyarli barcha klublar ish olib borgani singari, biz ham ishlayapmiz. Oldindan biror narsa degim yo‘q. Transferlar bo‘ladi.
Nikabadzening jarohati haqida hozircha hech narsa deya olmayman. Shifokorlar ko‘rigidan o‘tgach, barchasi aniq bo‘ladi.
Tabatadzeda jarohat bor edi. Shu bois, Toma jamaoga yordam bera olmadi. Tiklanish bilan band. U jamoamizda va tayyorgarlik ko‘rib, ikkinchi davrada qaytadi.
O‘ylashimcha, Nasaf futbolchilari ham bugun keskin harakat qilishdi. Bu futbol. Shahmat yoki balet emas. Unda agressiya kerak. Menimcha, bu borada yana qo‘shimcha ishlar olib boramiz yanada agressiya qo‘shamiz.
Kim ketishi yoki kim kelishi haqida biror narsa ayta olmayman. Bir narsa aniq, biz yanada kuchli bo‘lish uchun tarkibni kuchaytiramiz. Takrorlayman. Endigina birinchi davra tugadi. Bundan avvalgi 3 mavsumda birinchi davrani Navbahor birinchi pog‘onada yakunlagan edi. Yakunda, o‘xshamadi. Hozir esa Nasaf mavsumning birinchi yarmini peshqadam sifatida yakunladi. Ularda yakun qanday bo‘lishini kuzatamiz.