Jizzaxning “So`g`diyona” klubi ham qolgan jamoalar kabi yangi mavsum hozirliklarini qizg`in davom ettirmoqda.
Toshkentda yig`in o`tkazayotgan jizzaxliklar bir qator o`rtoqlik o`yinlarida ham maydonga tushmoqda. Jamoa ertaga “Buxoro”ga qarshi bahs olib boradi. So`ngra 2 hafta davom etgan poytaxt yig`ini yakunlanadi va futbolchilarga hordiq chiqarish uchun qisqa ta`til beriladi.
“So`g`diyona” fevral oyida Turkiyada yig`in o`tkazadi. Jamoa 4-18 fevral oralig`ida Antaliya shaharida mashg`ulotlar olib boradi. Yig`in davomida 6 ta nazorat bahsi o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Nazorat o`yinlaridagi raqiblar haqida keyinroq batafsil ma`lumot beramiz.