
Xabaringiz bor, kelayotgan mavsumda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini 3 ta klub himoya qiladi.
Qit`amizning klublar miqiyosidagi eng nufuzli musobaqasi – OFK Chempionlar ligasida O`zbekiston chempioni “Lokomotiv” ishtirokini guruh bosqichidan boshlaydi. Mamlakat vitse-chempioni – “Paxtakor” va kubok sohibi – AGMK esa saralash orqali bahslarga kirishadi.
Qayd etish joizki, OChL-2019 saralashi doirasida ikkinchi o`tish bosqichidan musobaqada ishtirokini boshlovchi klublarimiz bugun qit`a Chempionlar ligasida qatnashuvchi futbolchilarini ro`yxatdan o`tkazadi.
AGMK jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi-2019 saralash bosqichida qatnashish uchun 29 nafar futbolchini ro`yxatdan o`tkazdi. Ularning 2 nafari xorijlik futbolchilardir. Klub hozircha legionerlar uchun ajratilgan limitdan to`la foydalanmaslikni afzal bildi. Agar jamoa saralashdan muvaffaqiyatli o`tib, guruh bosqichiga yo`l olsa, tarkibga yana 2 nafar chet ellik o`yinchi qo`shilishi mumkin. Hozircha esa olmaliqliklar serbiyalik futbolchilar – Mirolyub Kostich hamda Marko Zochevichni ro`yxatdan o`tkazishdi. Har ikki yarim himoyachi ham AGMK safiga Serbiya chempionatidan kelib qo`shilishdi.
AGMKning OChL-2019 saralash bosqichi uchun futbolchilar ro`yxati
№ |
Ism-familiyasi |
Amplua |
Mamlakati |
1 |
Nizomiddin Ziyovutdinov |
Darvozabon |
O`zbekiston |
12 |
Roman Abdulov |
|
O`zbekiston |
32 |
Suhrobjon Sultonov |
|
O`zbekiston |
45 |
Akbar To`raev |
|
O`zbekiston |
2 |
Abduqahhor Hojiakbarov |
Himoyachi |
O`zbekiston |
3 |
Azamat Isroilov |
|
O`zbekiston |
20 |
Mirg`iyos Sulaymonov |
|
O`zbekiston |
27 |
Shahzodbek Alaqulov |
|
O`zbekiston |
28 |
Sheroz Jalolov |
|
O`zbekiston |
29 |
Eldorbek Begimov |
|
O`zbekiston |
31 |
Saydullo Rahmatov |
|
O`zbekiston |
33 |
Sardor Rahmonov |
|
O`zbekiston |
37 |
Sherzod Fayziev |
|
O`zbekiston |
44 |
Boburbek Yuldashov |
|
O`zbekiston |
4 |
Mirjamol Qosimov |
Yarim himoyachi |
O`zbekiston |
5 |
Dilshod Jo`raev |
|
O`zbekiston |
6 |
Marko Zochevich |
|
Serbiya |
7 |
Oybek Qilichev |
|
O`zbekiston |
8 |
San`at Shixov |
|
O`zbekiston |
11 |
Zohir Pirimov |
|
O`zbekiston |
17 |
Murod Toshmatov |
|
O`zbekiston |
19 |
Jasur Hasanov |
|
O`zbekiston |
21 |
G`ulom Haydar G`ulomov |
|
O`zbekiston |
22 |
Mirolyub Kostich |
|
Serbiya |
30 |
Jasurbek Umarov |
|
O`zbekiston |
36 |
Shahboz Umarov |
|
O`zbekiston |
9 |
Zafar Polvonov |
Hujumchi |
O`zbekiston |
10 |
Shoxnazar Norbekov |
|
O`zbekiston |
38 |
Kamron Abdulhamidov |
|
O`zbekiston |
Qayd etish joiz, AGMK klubi 7 fevralga qadar mazkur ro`yxatga 5 ta o`zgartirish kiritish huquqiga ega.
AGMK 12 fevral kuni OChL doirasida o`z maydonida Tojikiston chempioni "Istiqlol"ga qarshi o`ynaydi.
Alohida ta`kidlash joizki, AGMK klubi futbolchilarini ro`yxatdan o`tkazish uchun PFLga ariza topshirdi. Endilikda PFL mazkur ro`yxatni tasdiqlab, OFKga taqdim etishi uchun AGMK yangi mavsum oldidan klublarga PFL tomonidan qo`yilayotgan talablarni to`liq amalga oshirishi zarur bo`ladi.