“Qizilqum” O`FA huzuridagi viloyat bolalar-o`smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan shartnoma imzoladi

Bilasiz, Superliga hamda Pro-liga “A” guruhining barcha ishtirokchi klublari 2019 yildan boshlab yaxshi holatdagi maydoni bor stadion va o`z akademiyasiga ega bo`lishi shart etib belgilandi.

Yangi mavsumga qizg`in hozirlik olib borayotgan Navoiyning “Qizilqum” futbol klubi O`FA huzuridagi Navoiy viloyati bolalar-o`smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan yosh futbolchilarni tayyorlash bo`yicha bugun shartnoma imzoladi. Natijada klub ayrim majburiyatlar bilan bir qatorda ma`lum huquqlarga ham ega ham bo`ldi.

Birinchidan, jamoa endi Navoiy viloyatidagi yosh iste`dodlarni to`g`ri yo`nalishda tarbiyalab, ulardan yaxshi saviyadagi professional o`yinchi etishib chiqishida o`z xissasini qo`shish imkoniyatiga ega bo`ladi. Qolaversa, akademiyadan etishib chiqadigan iste`dodli o`yinchilarni o`z safiga jalb etish borasida katta imtiyozlarga ega bo`ladi. 

O`FA huzuridagi Navoiy viloyati bolalar-o`smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan shartnoma imzolagan “Qizilqum” futbol klubi endilikda akademiya bo`yicha shartni bajargan, deya sanaladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb