Stadionlarga belgilangan talablar to`g`risidagi nizom tasdiqlandi

2019 yilgi mavsumda PFL bayrog`i ostida o`tkaziladigan Superliga, Pro liga, U-21 birinchiligi, ayollar chempionati uchrashuvlari bo`lib o`tadigan stadionlar uchun qo`yiladigan talablar to`g`risidagi nizom O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo`mitasi tomonidan tasdiqlandi. 

Nizomda milliy chempionat doirasidagi o`yinlarni o`zida qabul qiluvchi stadion qanday talablarga javob berishi batafsil ko`rsatib o`tilgan. Jumladan, stadion tribunalari qanday bo`lishi, futbol maydoni holati bo`yicha talablar, darvoza ustunlari, darvoza to`sinlari va qo`shimcha darvoza ustunlari standartlari, yoritgichlar quvvati, soat va hisobni ko`rsatuvchi tablolar bo`yicha shartlar, maydon chetida o`rnatiladigan reklama to`siqlari, jamoalarning kiyim almashtirish xonalari, ommaviy axborot vositalari vakillari o`tirib ishlaydigan media markaz va media tribuna bo`yicha talablar to`liq ko`rsatib o`tilgan. 

Nizom ilk marta o`zbek tilida ham ishlab chiqildi. Uni PFL rasmiy sayti Hujjatlar bo`limidan yuklab olish mumkin.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb