“Istiqlol” jamoasi ham yangi mavsumga qizg`in tayyorgarlik olib bormoqda

Oxirgi bir necha mavsumda Superligaga yo`l olish uchun juda jiddiy harakat qilayotgan Farg`onaning “Istiqlol” klubi ayni chog`da yangi mavsumga qizg`in hozirlik jarayonini olib bormoqda.

Jamoa dastlab 20-28 dekabr oralig`ida yig`ilgan edi. So`ngra Yangi yil bayrami munosabati bilan o`yinchilarga qisqa muddatli ta`til berilgan edi. Farg`onaliklar 5 yanvar sanasidan e`tiboran ikkinchi o`quv-mashg`ulot yig`iniga kirishishdi. Jamoa hozirda Farg`ona shahrida joylashgan “Istiqlol” stadioni hududidagi sun`iy qoplamali maydonda mashg`ulotlar olib bormoqda.

Yig`in davomida bir qator sinov-nazorat uchrashuvlarida maydonga tushish ko`zda tutilgan. Ertaga “Istiqlol” Namanganda “Navbahor”ga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. 21-22 yanvar kunlari esa “Neftchi” va “Turon” klublariga qarshi ham nazorat o`yinlari tashkil etiladi. 

Yanvar oyi so`nggidan boshlab esa jamoa “Farg`ona viloyati hokimi kubogi”da ishtirok etadi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb