Superliga klublari uchun onlayn ro`yxatdan o`tish jarayoni ochiq

Yangi mavsum superligada qatnashadigan klublar uchun bugundan boshlab onlayn ro`yxatdan o`tish jarayoni ochildi. Klublar onlayn ravishda PFL tomonidan ochilgan yagona elektron tizim orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin bo`ladi.

Ta`kidlash joiz, ushbu mavsum uchun litsenziyalash talablarini bajargan klublargina mavsumda ishtirok etish huquqini qo`lga kiritadi. Ayni damda, Superliga klublari talablarni bajarish bo`yicha kamchliklarga egalar. Masalan, Paxtakor klubi akademiya masalasini hal qilmagan. Shuningdek, klub stadion yoritgichlari bo`yicha ham kamchiliklarga ega. Xuddi shunday muammo amaldagi chempion hisoblangan “Lokomotiv” klubida ham mavjud. Boshqa klublarda ham ayni damda litsenziyalash talablarini bajarish bo`yicha muammolar bor. 

Ayni damda, klublar onlayn ro`yxatdan o`tishlari mumkin, ammo yakuniy ro`yxatga olish jarayoni klublar litsenziyalash talablarini bajargandan so`ng boshlanadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb