14 yanvar kuni Pro-liga musobaqalarida hakamlik qilishga nomzod bosh hakamlar va yordamchi hakamlar uchun o`quv-mashg`ulot seminari boshlandi.
Bugun 15 yanvar kuni hakamlar jismoniy tayergarlik bo`yicha FIFA testlarini topshirishdi. Bundan tashqari, nazariy bilimlarini tekshirish imtihonlari ham o`tkaziladi.
Hakamlar o`quv-mashg`ulot seminari davomida o`rtoqlik uchrashuvlarida hakamlik qilishadi, tayerlangan video materiallar asosida savollarga javob berishadi, o`yin qoidalariga kiritilayotgan yangiliklardan xabardor bo`lishadi, amaliy mashg`ulotlarda qatnashishadi va shu yo`l bilan ular 2019 yilgi mavsumga tayyorlanishadi.
Mazkur seminar 18 yanvarga qadar davom etadi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o`tgan hakamlarga hakamlik faoliyati bilan shug`ullanishga ruxsat beruvchi sertifikatlar topshiriladi.
Pro-ligaga nomzod bo`lgan hakamlarning keyingi seminari 21-25 yanvar kunlari bo`lib o`tadi.