Boshqa klublar qatori “Bunyodkor” jamoasi ham yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
Bilasiz, jamoa murabbiylar shtabida o`zgarishlar ro`y berdi. Endilikda “qaldirg`ochlar”ni Vadim Abramov boshqaradi. Kecha jamoa Abramov boshchiligidagi dastlabki mashg`ulotlarini o`tkazdi.
Klub 3-12 yanvar oralig`ida ilk yig`inni o`tkazgan edi. Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichiga 14 yanvar sanasidan kirishildi. Jamoa 26 yanvarga qadar mazkur yig`inni davom ettiradi. Yig`in doirasida 3 ta o`rtoqlik o`yinida maydonga tushish ko`zda tutilgan. Ertaga “qaldirg`ochlar” “Oq-tepa” jamoasiga qarshi nazorat bahsi o`tkazishadi.