Qarshining “Nasaf” jamoasi ham ayni paytda yangi mavsumga hozirliklarni davom ettirmoqda.
Qarshiliklar yangi mavsum tayyorgarligiga 3 yanvar kunidan kirishgan edi. Jamoa qarorgohida ta`mirlash ishlari davom etayotgani bois, tayyorgarlik mashg`ulotlari Sputnik qo`rg`onidagi yoshlar jamoasi qarorgohiga ko`chirildi.
Ro`ziqul Berdiev shogirdlari kuniga ikki mahaldan mashg`ulotlar olib borishmoqda. “Ajdarlar” jamoasi 16 yanvarga qadar o`z qarorgohida shug`ullanishadi. Yig`in “Qizilqum”ga qarshi nazorat uchrashuvi bilan yakunlanadi. Mazkur uchrashuv Qarshida tashkil etiladi.