AGMK bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi

Kelayotgan mavsumda o`z tarixida ilk marta xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi Olmaliqning AGMK jamoasi ayni paytda o`z safini kuchaytirish borasida qattiq ish olib bormoqda. 

Klub matbuot xizmatining ma`lumot berishicha, jamoa yana bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi. Jumladan, mahoratli darvozabon Akbar To`raev, Suhrob Sultonov hamda himoyachi Mirg`iyos Sulaymonov AGMK safida kelayotgan mavsumda o`ynaydigan bo`lishdi. 

Qayd etish joiz, AGMK klubi ushbu futbolchilarning tibbiy ko`rik natijalarini taqdim etgach, shuningdek, litsenziyalash talablarini bajargach yaqin 1 oy ichida mazkur o`yinchilar bilan shartnomalarini PFL ro`yxatidan o`tkazishi mumkin bo`ladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb