Bilasiz, ayni damda barcha jamoalar yangi mavsum hozirliklarini boshlab yuborishgan.
Ayrim klublar allaqachon sinov-nazorat uchrashuvlari ham o`tkazishmoqda. Jumladan, Toshkentda yig`inga kirishgan “Andijon” bugun yig`in doirasidagi ilk nazorat o`yinini o`tkazdi. Unda “burgutlar” jamoasiga Bekobodning “Metallurg” klubi raqiblik qildi. Qibrayda bo`lib o`tgan bahsda bekobodliklarning qo`li baland keldi – 1:0. O`yin taqdirini hal etgan yagona golga Stanislav Andreev mualliflik qildi.
Nazorat uchrashuvi.
«Metallurg» - «Andijon» 1:0
Gol: Stanislav Andreev