Xabaringiz bor, futbol klublari “O`FA va O`zPFL tomonidan o`tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo`yicha reglament” asosida yangi mavsum uchun tadorik olib borishmoqda.
PFL aynan mana shu reglament asosida klublar oldiga ma`lum talablarni qo`yadi. Jumladan, reglament va yangi mavsum uchun ishlab chiqilgan “Stadionlar bo`yicha nizom” talablariga ko`ra, Superliga yoki Pro ligada ishtirok etadigan klubning uy stadionida kamida 1200 lyuks, tavsiya bo`yicha esa 1500 lyuks yoritish quvvatiga ega projektorlar o`rnatilgan bo`lishi lozim.
“Lokomotiv” klubi uy stadionini monitoringdan o`tkazgan PFL ishchi guruhi o`lchov natijalariga ko`ra, ushbu stadion projektorlari maydonning 15 ta nuqtasidan o`lchanganida o`rtacha 844 lyuksni ko`rsatdi. Klub vakillariga bu borada ish olib borilishi lozim ekani ta`kidlandi.
“Lokomotiv” klubi yaqin vaqt ichida bu borada ish olib borib, stadion yoritish quvvatini kamida 1500 lyuksga etkazishga va`da berdi.