Qo`qon va Namangandagi stadionlarda tez orada yangi chim o`tqaziladi

“O`FA va O`zPFL tomonidan o`tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo`yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O`FA Ijroqo`mi byurosi tomonidan tasdiqlanganidan xabaringiz bor.

Ta`kidlanganidek, PFL mazkur reglament asosida futbol klublarini kelasi mavsum uchun tayyorlab bormoqda. Klublar oldiga qo`yilayotgan eng asosiy talablardan biri akademiyaga ega bo`lish sanaladi. Shuningdek, har bir klub o`z uy uchrashuvlarini o`tkazadigan stadion maydoni yaxshi holatda bo`lishini ta`minlashi shart.

Aynan mana shu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida PFLning maxsus ishchi guruhi Qo`qon va Namanganda bo`ldi. 

“Qo`qon-1912” klubi akademiya bo`yicha talabni bajarish uchun uy stadioniga yaqin hududda hozircha tashlandiq yotgan futbol maydonini o`z qaramog`iga olib, o`sha erda zamonaviy futbol maydonlari va yotoqxona barpo etish borasida ish olib borilayotgani ma`lum bo`ldi. Klub kelasi oyga qadar akademiya bo`yicha talabni to`liq bajarishni mo`ljallamoqda. 

Shuningdek, “Markaziy” stadionini talab darjasida bo`lishi uchun harakatlar davom etmoqda. “Markaziy” stadion chimi to`lig`icha yangilanadi. Ayni paytda texnikalar yordamida eski chim ko`chirilib, maydonni yangi chim o`rnatish uchun tayyor holatga keltirilmoqda. Maydonga zamonaviy sug`orish tizimi o`rnatildi. Yaqin vaqt ichida yangi chim o`tkazish jarayoni boshlanishi ko`zda tutilmoqda. Qolaversa, stadionning ayrim sektorlaridagi taxtadan yasalgan o`rindiqlar zamonaviy plastmassa o`rindiqlarga almashtirilishi lozim.

Ta`kidlash joizki, Qo`qondagi “Markaziy” stadion projektorlari yoritish quvvati “Stadionlar bo`yicha nizom” talablariga javob bermaydi. Shu sababdan klub yaqin vaqt ichida yoritish tizimini tavsiya bo`yicha – 1500 lyuksga etkazish ustida ish olib bormoqda. 

Shuningdek, Namanganga tashrif buyurgan ishchi guruh “Navbahor” jamoasida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Ma`lum bo`lishicha, klub yaqin vaqt ichida O`FA huzuridagi viloyat bolalar-o`smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan shartnoma imzolaydi. 

Shu bilan bir qatorda asosiy o`yinlar o`tadigan “Markaziy” o`yingohda ideal holatdagi chimga ega bo`lish borasida ham ish olib borilmoqda. Chimni Gollandiyadan olib kelish ko`zda tutilgan. Chimni hamisha yaxshi holatda ushlab turish uchun unga mavsum davomida ham yaxshilab parvarish lozim bo`ladi. Shuni inobatga olib, sug`orish tizimini ham italyan texnologiyasi asosida yangilandi.  Tez orada chim o`tkazish jarayoni boshlanishi lozim.

mib
uzcard
cola
apex
bmb