“Buxoro” 15 yanvarga qadar o`z qarorgohida mashg`ulotlar olib boradi

“Buxoro” klubi 3 yanvar sanasidan yangi mavsumga hozirliklarni boshlagan edi.

Jamoa o`z qarorgohida mashg`ulotlarni davom ettirmoqda. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida olib borilayotgan tayyorgarlik jarayoni 15 yanvarga qadar davom etishi ko`zda tutilgan. So`ngra buxoroliklarning yig`ini Toshkentga ko`chadi. Jamoa rejaga ko`ra, 18-31 yanvar oralig`ida poytaxtda shug`ullanadi. 

Toshkent yig`ini doirasida “Buxoro” 4 ta o`rtoqlik o`yini o`tkazishni rejalashtirgan. Unga ko`ra, “Surxon”, “Andijon”, “Bunyodkor” va “So`g`diyona” jamoalariga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb