Jizzaxning “So`g`diyona” klubi ham yangi mavsum hozirliklarini davom ettirmoqda.
Jamoa 6 yanvar kuni o`z qarorgohida yig`ilgan edi. Hozirda asosan jismoniy tiklanish ustida mashg`ulotlar olib borilmoqda. “So`g`diyona” 13 yanvarga qadar Jizzaxda shug`ullanadi. So`ngra yig`in Toshkentga ko`chadi va jizzaxliklar poytaxtda 15-30 yanvar oralig`ida yig`in o`tkazishadi.
“So`g`diyona” Toshkent yig`in doirasida 6 ta o`rtoqlik o`yinida maydonga tushishni rejalashtirgan.