“Qo`qon-1912” o`rtoqlik uchrashuvlari o`tkazadi

Yangi mavsumga hozirlik olib borayotgan “Qo`qon-1912” jamoasining Toshkentdagi yig`ini davom etmoqda. 

Mashg`ulotlar kuniga ikki mahaldan o`tkazilmoqda. Klub matbuot xizmatining ma`lumot berishicha, Orif Mamajonov ham mashg`ulotlarda ishtirok etmoqda. 15 yanvar kuni serbiyalik legionerlar mashg`ulotlarga qo`shilishadi. O`tgan yili qo`qonliklar sharafini himoya qilgan Darko Gojkovich va Marko Milichdan tashqari, yana ikki nafar serbiyalik o`yinchilarning kelishi kutilmoqda. Ularning bir nafari hujumchi bo`lsa, yana bir nafari yarim himoyachi.  

Toshkentdagi yig`in chog`ida bo`lib o`tadigan o`rtqolik uchrashuvlardagi raqiblar ma`lum bo`ldi. Ertaga No``mon Hasanov shogirdlari o`zaro ikkiga bo`lingan holda o`yin o`tkazishadi. 19 yanvar kuni esa qo`qonliklar Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. 26 yanvar kuni esa qo`qonliklar yig`in doirasidagi so`nggi nazorat uchrashuvini o`rtkazishadi. Shu kuni “Shunqorlar”ga Jizzaxning “So`g`diyona” jamoasi raqiblik qiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb