Futbolchilarni ijaraga berish va legioner futbolchilar limiti haqida

O`zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum ichki chempionatda raqobatni yanada kuchaytirish uchun reglamentning bir qator bandlariga o`zgartirish kiritdi.

Unga ko`ra, mamlakat futbol klublari ichki chempionatda ishtirok etayotgan boshqa bir klubga ikki nafardan ortiq futbolchini ijaraga bera olmaydi. Bir klubning uch yoki undan ortiq futbolchisini ijara asosida ro`yxatdan o`tkazmoqchi bo`lgan klublar bu haqda bilishlari lozim.

Shuningdek, ijaraga berilgan futbolchilar o`zlari birinchi shartnoma tuzgan klubga qarshi har qanday futbol uchrashuvlarida maydonga tushish huquqiga ega bo`lishadi. Ikki klub o`rtasidagi shartnomalarda bu holat alohida ko`zda tutilgan bo`lsa, u o`z kuchini yo`qotadi yoki shartnomaning aynan shu bandiga o`zgartirish kiritiladi. 

Shuningdek, 2019 yilgi mavsumda Superliga va Pro-liga “A” uchun legioner futbolchilar limiti 4+1 bo`ladi. Pro-liga “B” jamoalari esa 2+1 ko`rinishida legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolashlari mumkin. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb