2019 yilgi mavsum taqvimi

 

Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun taqvimini taqdim etadi. Bunda FIFA kunlari, Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi va bayramlarimiz inobatga olingan. Kuz fasliga qadar milliy terma jamoa va boshqa masalalarda qandaydir o`zgarishlar yuz bermasa, taqvimda o`zgarish yuz bermasligi kerak. PFL taqvim o`zgaravermasligi uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

 

Rejaga ko`ra, 23 fevral kuni “Lokomotiv” va AGMK jamoalari o`rtasida O`zbekiston Superkubogi bellashuvi bo`lib o`tadi. Chempionat starti esa 1 mart sanasiga to`g`ri keladi.

 

Joriy mavsumdan boshlab PFL pulka o`yinlarini yo`qqa chiqarib, uning o`rniga PFL kubogini joriy qilmoqda. Mazkur musobaqa mart oyidagi FIFA kunlari arafasida start oladi. Unda Pro-liga “B” talablariga javob bergan futbol klublari ishtirok etadi. Musobaqada, shuningdek, o`z hududining 2-liga bellashuvlarida zafar quchgan hamda yuqoridagi talabga javob bergan klublar ham qatnashishi mumkin. Musobaqa g`olibini unutilmas va anchagina qimmat sovg`a kutadi.

 

Pro-liga “A” va “B” 1 apreldan e`tiboran start olishi ko`zda tutilgan. Shunga qaramay, barcha ligalarda o`yinlar dekabrga qadar yakuniga etib ulguradi. Rejaga ko`ra, Superligada so`nggi ikki o`rinni egallagan jamoa Pro-liga “A”ga ravona bo`ladi. 10-o`rin egasi esa Superligada jon saqlab qolish uchun Pro-liga “A”ning uchinchi jamoasiga qarshi safar o`yinida ishtirok etadi.

 

O`zbekiston kubogining formati 2018 yildagi kabi qoladi. Unda finalgacha bo`lgan barcha o`yinlar faqat bitta uchrashuvdan iborat bo`ladi. Raqiblar va mezbon klublar jonli efirda qur`a yordamida aniqlanadi. Ya`ni, faqatgina final emas, ungacha bo`lgan o`yinlar ham finalga teng bo`ladi. Kubok bellashuvlarida har uch liga vakillari ishtirok etishi mumkin bo`ladi. Final 26 oktyabr kuni bo`lib o`tadi. Final mezboni kim bo`lishi keyinroq ma`lum qilinadi.

 

Futbol bo`yicha 2019 yilgi O`zbekiston Superligasi hamda mamlakat kubogi uchrashuvlarining taqvimi

 

Superkubok – 23 fevral


1-tur — 1-2-3 mart

OChL — 4-5-6 mart

2-tur — 8-9-10 mart

OChL — 11-12-13 mart

Kubok PFLUz – 11 - 17 (26) mart

FIFA — 18—26 mart

3-tur — 29-30-31 mart

4-tur — 5-6-7 aprel

OChL — 8-9-10 aprel

5-tur — 12-13-14 aprel

6-tur — 19-20-21 aprel

OChL — 22-23-24 aprel

7-tur — 26-27 aprel

Kubok 1/32 – 30 aprel-1 may

8-tur — 3-4-5 may

OChL — 6-7-8 may

9-tur — 10-11-12 may

10-tur — 17-18-19 may

OChL — 20-21-22 may

11-tur — 25-26 may

12-tur — 31 may-1 iyun

FIFA — 3—11 iyun

13-tur — 14-15-16 iyun

OChL — 17-18-19 iyun

Kubok 1/16 – 19 iyun

14-tur — 21-22-23 iyun

OChL — 24-25-26 iyun

Kubok 1/16 – 26 iyun

15-tur — 28-29 iyun

Kubok 1/8 — 2-3 iyul

16-tur — 6-7 iyul

Tanaffus — 8-21 iyul

17-tur — 22-23 iyul

18-tur —  26-27 iyul

19-tur — 30-31 iyul

Kubok 1/4 — 3-4 avgust

Otkritaya data— 8 avgust

20-tur – 11 avgust

21-tur — 14 avgust

Kubok 1/2 — 17-18 avgust

22-tur – 23 avgust

FIFA — 2-10 sentyabr

23-tur – 12-13-14 sentyabr

24-tur — 20-21 sentyabr

25-tur — 24-25 sentyabr

26-tur – 28-29 sentyabr

27-tur – 2-3 oktyabr

FIFA — 7-15 oktyabr

28-tur — 19-20 oktyabr

Kubok Final — 26 oktyabr

29-tur — 29-30 oktyabr

30-tur – 2-3 noyabr

31-tur – 7-8 noyabr

FIFA — 11-19 noyabr

32-tur – 23 noyabr

33-tur – 30 noyabr

mib
uzcard
cola
apex
bmb