Umid Ahmadjonov «Buxoro» futbol klubi bazasiga tashrif buyurdi

Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti, O`FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, nufuzli musobaqalarda sovrindor bo`lgan sportchilarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

 

 

MOQ rahbari va O`FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov kunning ikkinchi yarmida «Buxoro» futbol klubi bazasiga bordi.

 

 

Bazaga tashrif davomida Umid Ahmadjonovga MOQ vitse-prezidenti Komil Ro`ziev, O`FA vitse-prezidenti Shoikrom Isroilov, PFL bosh direktori Omon G`ofurov, «Buxoro» jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov hamrohlik qildi. Bosh murabbiy MOQ rahbarini klub bazasi bilan tanishtirdi, jamoaning yangi mavsumga ko`rayotgan tayyorgarligi haqida gapirib berdi.

 

Suhbat davomida Umid Ahmadjonov tarkibda yoshlarga alohida e`tibor qaratish lozimligi, bu borada Olimpiya terma jamoasi murabbiyi bilan yaqindan hamkorlik qilish lozimligi haqidagi fikrlarini bildirdi.

 

 

Tashrif davomida yosh futbolchilarga esdalik uchun to`plar sovg`a qilindi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb