
OAVda avvalroq O`zbekiston klublarining to`rt nafari OFK litsenziyalash talablarini bajarganligi, yana uch nafar klub esa, sanktsiyalar bilan ushbu litsenziyalash talablarini bajargani haqida xabar berilgan edi.
Ta`kidlash lozim, O`zbekiston Professional Futbol Ligasi klublarni litsenziyalash bo`yicha milliy reglamentni ishlab chiqqani va u klublarga taqdim etilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Ushbu reglament, shuningdek keng jamoatchilik uchun ham havola etilgani va uni rasmiy saytdan yuklab olish mumkinligini eslatib o`tish joiz.
E`tiborlisi, ushbu litsenziyalash talablarini ishlab chiqishda Professional Futbol Ligasi OFK litsenziyalash talablaridan kelib chiqqan, ammo ayrim talablar OFK talablaridan ham jiddiyroq hisoblanadi. OFK litsenziyalash talablarini klublar o`rtasida OFK musobaqalarida qatnashadigan klublar bajarishi shart hisoblanadi. Qolgan klublar esa OFK litsenziyalash talablarini bajarishi shartli hisoblanmaydi, boisi ular milliy litsenziyalash talablarini bajarishi lozim va bu litsenziya ularga futbol bo`yicha O`zbekiston chempionati uchrashuvlarida qatnashish uchun imkon beradi.
Istalgan klub OFK litsenziyasini olishi mumkin, ammo shu bilan birgalikda, ular milliy chempionatda ishtirok etish uchun milliy litsenziyani ham qo`lga kiritishlari shartdir.
Hozirga kelib, O`zbekistonning 7ta klubi OFK litsenziyalash talablarini bajargan va OFK litsenziyasini qo`lga kiritgan. OFK ulardan uchtasiga – “Nasaf”, AGMK va “Navbahor” klublariga sanktsiyalar bilan, ya`ni ma`lum imtiyozlar orqali klublarga OFK litsenziyasini taqdim etgan. Ushbu klublar ma`lum muddat davomida OFK talablarini bajarishi shart. Qolgan klublar esa milliy litsenziyaga egalar. Bu yildan boshlab, milliy litsenziyalash talablari yanada kuchaytirildi. Klublarning o`z akademiyalari bo`lishi, stadion infratuzilmasi, shuningdek bir qator boshqa mezonlar shartli qilib qo`yildi. Qolaversa, Professional Futbol Ligasi klublarni litsenziyalash bo`yicha maxsus komissiyasi yil davomida klublarni monitoring qilib borish vakolatini o`zida qoldiradi.