“Qizilqum” klubi Navoiy viloyati bosh jamoasi sanaladi. Klub 1967 yilda tashkil etilgan.
Mazkur klub turli yillarda “Progress”, “Zarafshon” deya ham nomlangan. Zero klubning bosh qarorgohi va uy uchrashuvlarini o`tkazadigan stadioni ham ilgari Zarafshon shahrida edi. Endilikda jamoa Navoiy shahrida uy o`yinlarini o`tkazmoqda.
Klub 1992 yildan boshlab O`zbekiston Birinchi ligasida qatnashishni boshlagan. 1994 yilda “Progress” nomi “Qizilqum”ga o`zgartirilgan. 1999 yil Birinchi ligada qatnashib, uchinchi o`rinni egallagan va klub 2000 yildan boshlab O`zbekiston Oliy ligasida qatnashib kelgan.
“Qizilqum” erishgan eng katta natija 2002 yilgi chempionat bronza medali hisoblanadi.
Erishgan natijalari:
O`zbekiston chempionati bronza medali sohibi (2002)
Jamoada to`p surgan mashhur futbolchilar:
Jafar Irismetov; Spartak Murtazoev; Vladimir Shishelov; Viktor Karpenko; Yaroslav Krushelnitskiy; Leonid Koshelev; Fevzi Davletov; Aleksey Nikolaev; Vyacheslav Ponomaryov; Alisher Holiqov; Oleg Sobirov; Pavel Leus.
Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar: Islom Ahmedov; Sergey Shevchenko; Igor Shkvirin; Rustam Zabirov; Marat Kabaev; Ravshan Haydarov; Yuriy Lukin; Hamidjon Aktamov.