“Surxon” FK O`FA huzuridagi viloyat bolalar-o`smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan shartnoma imzoladi

Bilasiz, O`zbekiston Professional Futbol Ligasi yangi mavsum oldidan klublar oldiga bir qator talablarni qo`ymoqda.

2019 yildan boshlab Superliga hamda Pro-liga “A” guruhida qatnashishni istagan klub yaxshi holatdagi maydoni bor stadion va o`z akademiyasiga ega bo`lishi shart etib belgilandi.

2019 yilga jiddiy hozirlik olib borayotgan “Surxon” futbol klubi bugun O`FA huzuridagi Surxondaryo viloyati bolalar-o`smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan yosh futbolchilarni tayyorlash bo`yicha shartnoma imzoladi. O`zaro kelishuvga ko`ra, klub akademiyadan etishib chiqadigan iste`dodli o`yinchilarni o`z safiga jalb etish borasida katta imtiyozlarga ega bo`ladi. 

Shu boisdan “Surxon” futbol klubi va O`FA huzuridagi Surxondaryo viloyati bolalar-o`smirlar hududiy futbol akademiyasi o`rtasida yosh futbolchilarni tayyorlash bo`yicha tuzilgan shartnoma kuchga kirganidan boshlab, klub oldiga qo`yilayotgan asosiy talablardan biri – akademiya bo`yicha talabni bajargan deya sanaladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb