“Buxoro” futbol klubi 1989 yil “Nurafshon” nomi ostida tashkil etilgan va jamoa 1997 yilga qadar “Nurafshon” nomida faoliyat yuritgan.
Buxoro shahri bosh jamoasi mustaqil O`zbekistonning dastlabki chempionatlarida ancha muvaffaqiyatli mavsumlar o`tkazgan. Jumladan, birinchi marta o`tkazilgan milliy chempionatda “Buxoro” sensatsion tarzda to`rtinchi o`rinni egallashga muvaffaq bo`lgan. 1993 yilda beshinchi o`rinni egallagan jamoa, 1994 yilda kumush medallarga ega chiqadi. Mazkur natija hozirga qadar “Buxoro” uchun milliy chempionatimizda qayd etilgan eng yaxshi natija sifatida e`tirof etib kelinadi.
Qayd etish joizki, “Buxoro” klubi 2009 yilgacha O`zbekiston Oliy ligasida muntazam ravishda qatnashib kelgan. Lekin o`sha yili jamoa 15 o`rinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketgan.
2010 yilgi mavsumda “Buxoro” Birinchi ligada birinchi o`rinni egallab, Oliy ligaga qaytdi. 2011 yildan buyon O`zbekiston chempionati elitasida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
“Buxoro” so`nggi ikki mavsumda musobaqa jadvalida 6-pog`onani band etdi.
Erishgan natijalari
O`zbekiston chempionati vitse-chempioni (1994)
Jamoada to`p surgan mashhur futbolchilar:
Usmon Toshev
Mustafa Belyalov
Ulug`bek Baqoev
Viktor Karpenko
Gennadiy Sharipov
Vladimir Shishelov
Igor Ivanov
Temur Sultonov
Rinat Sayfulin
Muhsin Muhammadiev
Baxtiyor Hojiahmedov
Pavels Leus
Arturas Fomenko
Tadas Grajyunas
Predrag Vuyovich
Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar:
Mustafa Belyalov
Islom Ahmedov
Hakim Fuzaylov
Usmon Toshev
Rauf Inileev
Gennadiy Kochnev
Tachmurad Agamuradov
Edgar Gess