O`zbekiston klublari tarixidan – “Metallurg”

Bekobodning “Metallurg” futbol klubiga 1945 yilda asos solingan. Klub dastlab “Bekobod”, keyinchalik “Tsementchi” va “Ma`danchi” nomlari bilan faoliyat yuritgan. 

O`zbekiston mustaqillikka erishgach, 1992 yildan boshlab jamoa mamlakat Birinchi ligasida ishtirok eta boshlagan. 1997 yili esa musobaqa yakunlariga ko`ra ikkinchi o`rinni egallab, Oliy ligaga yo`llanmani qo`lga kiritgan. Ushbu yildan boshlab elitada qatnashib kelmoqda.

2002 yili jamoa beshinchi o`rinni egallagan. Bu natija klub erishgan eng yuqori natija hisoblanadi. Yangicha formatda o`tkazilgan Superliga-2018 yakunlariga ko`ra musobaqa jadvalida beshinchi o`rinni egallagan “Metallurg”, o`z rekordini yangiladi.

 

Klubga asos solingan yildan boshlab, klub nomi bir necha marta o`zgargan:

1945-1969 – “Bekobod”

1969-1992 – “Tsementchi”

1992-1998 – “Ma`danchi”

1998 dan hozirgi kungacha – “Metallurg”

 

Jamoada to`p surgan mashhur futbolchilar

Andrey Miklyaev

Murod Aliev

Vyacheslav Ponomoryov

Oleg Belyakov

Ulug`bek Ro`zimov

Aleksandr Mochinov

Sergey Lebedev

Aleksey Jdanov

Igor Volkov

Sergey Lushchan

Alisher To`ychiev

 

 

Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar

Usmon Asqaraliev

Valeriy Lyotkin

Rustam Mirsodiqov

Eldor Sakaev

Shamil Tolipov 

Andrey Shipilov 

mib
uzcard
cola
apex
bmb