AGMK OChL-2019 saralash o`yini oldidan Dubayda yig`in o`tkazadi

Kelayotgan mavsumda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladigan jamoalarimizdan biri – AGMK allaqachon yangi mavsum tadorigini boshlab yuborgan.

Jamoa 22 dekabrdan buyon Toshkentda yig`in o`tkazmoqda. Mashg`ulotlar 30 dekabrga qadar davom etishi ko`zda tutilgan. So`ngra futbolchilarga qisqa ta`til beriladi va olmaliqliklar 3 yanvardan yana poytaxtda to`planishadi.

Mavsum-2019ni birinchilardan bo`lib boshlaydigan jamoa 15 yanvarga qadar Toshkentda shug`ullanadi. So`ngra AGMK xorij yig`inini o`tkazish uchun BAAga yo`l oladi. Olmaliqliklar Dubayda 18-31 yanvar kunlari o`quv-mashg`ulot yig`ini olib borishadi. So`ngra jamoa yurtimizga qaytib, Osiyo chempionlar ligasi o`tish bosqichi o`yiniga tayyorgarlikni davom ettiradi. 

Ta`kidlash joiz, AGMK 12 fevral kuni OChL-2019 saralashi doirasida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi bahs olib boradi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb