Ortda qolgan mavsumni Pro liga “A” guruhida o`tkazgan G`uzorning “Sho`rtan” klubi mavsum-2018 rasman yakunlanganidan so`ng futbolchilariga dam bergan.
Jamoa rejaga ko`ra, 15 yanvardan yangi mavsum tayyorgarligini boshlaydi. Dastlab 2 hafta davomida jamoa o`z qarorgohida mashg`ulotlar olib boradi. So`ngra fevral oyining dastlabki 2 haftasida navbatdagi yig`in tashkil etiladi. Mazkur yig`in ham G`uzorda o`tishi rejalashtirilgan.
Yangi mavsum oldidan so`nggi yig`in esa fevral oyining ikkinchi yarmida poytaxtda o`tkaziladi.