Aksariyat jamoalar 2018 yilgi mavsum yakuniga etgach futbolchilariga biroz hordiq chiqarish imkoniyatini taqdim etishdi.
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi ham dekabr oyi avvalida o`yinchilariga dam berdi. So`ngra jamoa 20-27 dekabr oralig`ida o`z qarorgohida yig`ildi va mashg`ulotlar olib bordi.
Endi navoiylik futbolchilar 6 yanvar kuni Navoiyda to`planishadi. Hamidjon Aktamov jamoasi 2 hafta davomida o`z qarorgohida shug`ullanishni rejalashtirgan. So`ngra yangi mavsumga hozirlik ishlari Toshkentda davom ettiriladi.