O`zbekiston professional futbol ligasi va Respublika mahallalar kengashi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Mahallalarda futbolni yanada rivojlantirish, yoshlarni jismonan sog`lom etib tarbiyalash, ularda sportga, xususan futbolga bo`lgan qiziqishni oshirish, aholini bo`sh vaqtini mazmunli o`tishini ta`minlash, ularni sog`lomlashtirish uchun futbol o`yinlariga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika Kengashi hamda O`zbekiston professional futbol ligasi o`rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Memorandumga asosan mahallalarda futbolni keng ommalashtirish, ayniqsa, uni yosh avlod o`rtasida targ`ib etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish, shuningdek, yoshlarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishga yo`naltirilgan turli futbol musobaqlalarini muntazam ravishda tashkil etish borasida hamkorlikda ish olib borilishi kelishib olindi.

Mahallalarda futbolda yuqori natijalarga erishgan faxriy o`yinchilar, murabbiylar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlarini doimiy tashkil etish, qolaversa taniqli futbolchilarning hayoti va faoliyati haqida turli targ`ibot vositalari – filmlar, plakat, risola, bukletlarni chop etish va mahalla idoralarida futbolchilar burchagini tashkil qilishga kelishib olindi.

O`zaro hamkorlikdan ko`zlangan asosiy maqsad – mahallalarda iqtidorli yoshlarni futbolga jalb qilish, ular o`rtasida turli musobaqalar tashkil etish bilan bir qatorda, aholini futbol uchrashuvlariga yanada ko`proq jalb etish, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tishini ta`minlash va hududlarda jamoalarning o`yinlar vaqtida o`z mahalliy ishqibozlari tomonidan munosib qo`llab-quvvatlanishiga erishish, mahalla yoshlarining darslardan bo`sh vaqtda futbol uchrashuvlariga muntazam ravishda tashrif buyurishlarini va o`z mahalliy jamoalarini qizg`in qo`llab-quvvatlashlarini ta`minlash sanaladi. 

Memorandum imzolash jarayonida Fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi boshqaruvi raisi Shavkat Javlonov ushbu yo`lga qo`yilayotgan hamkorlik orqali yosh avlodning futbolga mehrini orttirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida stadionlarga muntazam tashriflarini yo`lga qo`yish har jihatdan foydali bo`lishini ta`kidladi. O`z navbatida O`zbekiston professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G`ofurov mahalla ahlining nafaqat Superliga, Pro-liga va O`zbekiston kubogi uchrashuvlari vaqtida oilaviy tarzda, balkim haftaning istalgan kunida klublar stadionlariga va klub muzeylariga tashriflarini tashkil etish orqali o`zimizning mahalliy klublarimizga bo`lgan e`tibor va muxlislar qiziqishini orttirishga erishishimiz mumkin ekanini qayd etib o`tdi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb