“So`g`diyona” FK O`FA huzuridagi viloyat bolalar-o`smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan shartnoma imzoladi

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional Futbol Ligasi yangi mavsum oldidan Superliga hamda Pro-liga “A” guruhining barcha ishtirokchi klublari oldiga bir qator talablarni qo`ymoqda. Jumladan, 2019 yildan boshlab Superliga hamda Pro-liga “A” guruhida qatnashishni istagan klub yaxshi holatdagi maydoni bor stadion va o`z akademiyasiga ega bo`lishi shart etib belgilandi.

Kelgusi mavsum uchun allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborgan Jizzaxning “So`g`diyona” futbol klubi O`FA huzuridagi Jizzax viloyati bolalar-o`smirlar hududiy futbol akademiyasi bilan yosh futbolchilarni tayyorlash bo`yicha shartnoma imzoladi. Natijada klub ayrim majburiyatlar bilan bir qatorda ma`lum huquqlarga ham ega ham bo`ldi.

Birinchidan, Jizzax viloyatining asosiy jamoasi viloyatdagi yosh iste`dodlarni to`g`ri yo`nalishda tarbiyalab, ulardan yaxshi saviyadagi professional o`yinchi etishib chiqishida o`z xissasini qo`shish imkoniyatiga ega bo`ladi. Qolaversa, akademiyadan etishib chiqadigan iste`dodli o`yinchilarni o`z safiga jalb etish borasida “So`g`diyona” katta imkoniyatga ega bo`ladi. 

Shu boisdan “So`g`diyona” futbol klubi va O`FA huzuridagi Jizzax viloyati bolalar-o`smirlar hududiy futbol akademiyasi o`rtasida yosh futbolchilarni tayyorlash bo`yicha tuzilgan shartnoma kuchga kirganidan boshlab, klub oldiga qo`yilayotgan asosiy talablardan biri – akademiya bo`yicha talabni bajargan deya sanaladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb