“Neftchi” Qirgulida yig`inni davom ettirmoqda

Ortda qolgan mavsumni biroz muvaffaqiyatsiz o`tkazgan Farg`onaning “Neftchi” jamoasi 22 dekabr kuni Qirgulidagi o`z qarorgohida yig`in boshlagan edi.

Jamoa ayni paytda kuniga bir mahaldan jismoniy tiklanish bo`yicha mashg`ulotlar olib bormoqda. Mazkur yig`in 28 dekabrga qadar davom etadi. So`ngra futbolchilarga Yangi yil bayrami munosabati bilan dam beriladi. 

Yanvarda oyida esa farg`onaliklar 4 yanvar sanasidan yana o`z qarorgohida to`planishadi. Jamoa oy so`nggida Farg`ona viloyati hokimi kubogida qatnashishni rejalashtirgan. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb