“Mash`al” 10 yanvar kuni o`z qarorgohida yig`in boshlaydi

Pley-off bahslarida ishtirok etgani sabab boshqa jamoalarga qaraganda biroz kechroq futbolchilarini damga chiqargan Muborakning “Mash`al” klubi dekabr oyida yig`in o`tkazmaydi.

Muborakliklar yangi mavsum tayyorgarligini yanvar oyidan boshlashadi. “Gazchilar” jamoasi 10 yanvar kuni o`z qarorgohida yig`iladi va mashg`ulotlarga kirishadi. Asosan jismoniy tiklanish ustida ish olib boriladigan mazkur yig`in 3 hafta davom etadi. 

So`ngra fevral oyida jamoa yangi mavsum oldidan tashkil etiladigan o`rtoqlik maqomidagi musobaqalardan birida qatnashishni rejalashtirmoqda. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb