Qarshining “Nasaf” klubi aslida 20 dekabrdan o`z qarorgohida yig`in boshlashni rejalashtirgan edi.
Lekin ayni paytda jamoa qarorgohida ta`mirlash ishlari ketayotgani, futbolchilarning ko`pchiligi terma jamoalarga jalb etilgani sababli yangi mavsum tayyorgarligi rejasiga o`zgartirish kiritildi.
Tayyorgarlik mashg`ulotlari 3 yanvardan boshlanadi. Shu kuni “ajdarlar” Qarshi shahridagi o`z qarorgohida yig`ilishadi.
Fevral oyining dastlabki 2 haftasida jamoa Turkiyada xorij yig`ini ham tashkil etadi.