Poytaxtimizda futzal bo`yicha O`zbekiston kubogi bahslari davom etmoqda.
Bugun “Yoshlik” sport majmuasida yarim final bellashuvlari o`tkazildi. Ikkinchi yarim final uchrashuvida “Bunyodkor” “Metallurg”ni 4:2 hisobida mag`lub etdi va finalga yo`llanma oldi.
21 dekabr
Yarim final
“Bunyodkor” – “Metallurg” – 4:2
Toshkent. “Yoshlik” sport majmuasi. 98 tomoshabin.
Bosh hakam: Sultonmurod Abdurahmonov
Gollar: Jamoliddin Normirzaev (37), Xurshid Najimov (11), Baxtiyor Rasulov (7) – Bobur Domlajonov (29 avtogol), Baxtiyor Baratov (27), Sardor Inomjonov (33).
Final bahsi ertaga soat 16:00da “Yoshlik” sport majmuasida bo`lib o`tadi.