Xabaringiz bor, poytaxtimizda futzal bo`yicha O`zbekiston kubogi bahslarida davom etmoqda.
Bugun “Yoshlik” sport majmuasida yarim final bellashuvlari o`tkazilmoqda. Biroz oldin dastlabki yarim final o`yini yakunlandi. Unda “Paxtakor” va AGMK jamoalari o`zaro bahs yuritishdi. Qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvda AGMK g`alaba qozonib, finalga yo`l oldi.
21 dekabr
Yarim final
“Paxtakor” – AGMK – 1:2
Toshkent. “Yoshlik” sport majmuasi. 106 tomoshabin.
Bosh hakam: Anatoliy Rubakov
Gollar: Davron Choriev (17) – Jamoliddin Sharipov (32, 35)
Ogohlantirishlar: Dilshod Irsaliev (32), Ravshan Eliboev (15) – Farhod Abdumavlonov (10)
Chetlatishlar: Temur Sadirov (33) – Javlon Anorov (26)