PFL 3 nafar yangi futbolchini tibbiy ko`rikdan o`tkazmay turib shartnoma imzolagan "Lokomotiv"ni ogohlantirdi

Xabaringiz bor, 17 dekabr sanasidan e`tiboran Superliga klublari yangi futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarni PFL ro`yxatidan o`tkazishi mumkin ekani ma`lum qilingan.

“Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmati “temiryo`lchilar”ning yangi mavsum oldidan Azizbek Haydarov, Filip Rayevats, Yovan Jokich kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolaganini e`lon qildi.

Oldinroq xabar berilganidek, PFL tomonidan 2019 yilgi mavsum uchun qo`yilgan talablar ham borki, futbol klublari mana shu talablar ijrosini PFL bilan muhokama qilib olmaguniga qadar, birorta ham shartnoma ro`yxatga olinmaydi. Bu jihat 14 dekabr kuni bo`lib o`tgan klub direktorlari bilan yig`ilishda yana bir bor eslatib o`tilgan.

2019 yilgi mavsum uchun litsenziyalash talablarida futbol klublari markazlashgan tibbiy ko`rikdan o`tishlari belgilab qo`yilgan. Professional futbol ligasi tibbiy xulosalar asosida futbolchiga o`z ligalarida o`ynash huquqini taqdim etadi. 

Shu vaqtga qadar legioner futbolchilar bilan avval shartnoma tuzilgan va shundan keyingina ular tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan. Endi esa shuning aksi bo`ladi. Ya`ni, Superliga va Pro-ligalarning biror klubi legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqchi bo`lsa, avval ularni rasman tibbiy ko`rikdan o`tkazadi.  Keyin esa shuning xulosasi asosida shartnoma imzolaydi. Mahalliy futbolchilar bilan masala ham shu yo`sinda hal etiladi. Ushbu talablar barcha klublarga taalluqlidir.

mib
uzcard
cola
apex
bmb