"So`g`diyona" futbolchilari 5 yanvardan jamoa qarorgohida yig`iladi

Xabaringiz bor, ayni paytda Superliga va Pro liga klublari ortda qolgan mavsum yakunidan so`ng futbolchilariga dam berishgan.

Jizzaxning "So`g`diyona" klubi futbolchilari ham hozirda yangi mavsum oldidan hordiq chiqarishmoqda. Jizzaxliklar rejaga ko`ra Yangi yil bayramidan so`ng ilk yig`inni o`tkazishadi. Jamoa 5 yanvardan o`z qarorgohida to`planadi va 10 kun mobaynida mashg`ulot olib boradi. 

So`ngra yig`in poytaxtga ko`chadi va 30 yanvarga qadar "bo`rilar" jamoasi Toshkentda mashg`ulotlar o`tkazadi. Mazkur yig`in mobaynida yangi o`yinchilar ko`rikdan o`tadi va bir qator sinov-nazorat uchrashuvlari tashkil etiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb