Qarshining “Nasaf” jamoasi ayni vaqtda futbolchilariga ortda qolgan mavsumdan so`ng biroz hordiq chiqarish imkoniyatini taqdim etgan.
Qarshiliklar 20 dekabrdan o`z qarorgohlarida to`planishadi va jamoa bir hafta mobaynida mashg`ulot olib boradi. So`ngra futbolchilarga Yangi yil bayrami munosabati bilan dam beriladi.
Yangi yilda esa “ajdarlar” jamoasi 4-28 yanvar kunlari Qarshida o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazishadi. So`ngra 1-15 fevral kunlari jamoa Turkiyada xorij yig`ini tashkil etadi.