Jamoalar yaqin vaqt ichida yangi mavsum tayyorgarliklarini boshlashadi.
Aksariyat jamoalar Yangi yil bayramidan oldin ham o`z qarorgohida yig`in o`tkazishni rejalashtirmoqda.
Ortda qolgan mavsumni ancha barqaror ravishda o`tkazgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi 24-29 dekabr kunlari Qibrayda mashg`ulotlar olib boradi. So`ngra futbolchilarga qisqa muddatli dam beriladi.
Andrey Shipilov shogirdlari 10-24 yanvar kunlari ilk xorij yig`ini tashkil etishni rejalashtirgan. Jamoa dastlabki xorij o`quv-mashg`ulot yig`inini Ukrainada o`tkazadi. Chetdagi ikkinchi yig`in esa 1-14 fevral kunlari Turkiyada bo`lib o`tadi.