PFL monitoring guruhi "Surxon" klubi bilan yaqindan tanishdi. Monitoring guruhi vakillari Termiz shahrida joylashgan "Surxon" sport majmuasini o`rganishdan boshladilar. O`rganishlar davomida "Surxon" futbol klubi ma`muriyatiga stadionda qilinishi kerak bo`lgan ishlar yuzasidan to`liq ma`lumotlar berildi. Asosiysi maydon parvarishiga alohida e`tibor qaratish lozim. Qolaversa, stadion yoritish tizimini ham yaxshilash talab etiladi.
Shundan so`ng, ishchi guruh "Alpomish" o`yingohiga ham tashrif buyurib, u erda yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib chiqdi. Stadion holati yaxshi. Ushbu maydonda bemalol o`rinbosarlar uchrashuvlari yoki ayollar o`rtasidagi uchrashuvlarni ham o`tkazish mumkin.
Tashrif davomida ishchi guruh shuningdek, O`FA huzuridagi "Surxondaryo viloyat bolalar-o`smirlar akdemiyasi"ga ham tashrif buyurdi va u erda yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib chiqdi.