“Lokomotiv” yanvarda Dubayda 2 haftalik yig`in o`tkazadi

O`zbekistonning 3 karra chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” klubi ham ayni vaqtda futbolchilariga ortda qolgan mavsumdan so`ng hordiq chiqarish imkoniyatini taqdim etgan.

“Temiryo`lchilar” jamoasi Yangi yil bayrami arafasida qisqa muddatga o`z qarorgohida yig`iladi va mashg`ulotlar olib boradi. So`ngra yangi mavsum oldidan dastlabki asosiy yig`in 8-23 yanvar sanalarida BAAning Dubay shahrida tashkil etiladi. Chempionlar BAAda 2 hafta mobaynida yig`in o`tkazishni rejalashtirishgan. 

Mazkur yig`in davomida tarkibga bir qator yangilar ham kelib qo`shilishi mumkin. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb