Yurtimizda futbol mavsumi yakunlanganiga hali uncha ko`p vaqt bo`lganicha yo`q.
Jamoalar futbolchilariga ortda qolgan mavsumdan so`ng biroz hordiq chiqarish imkoniyatini taqdim etishgan. Aksariyat jamoalar yangi yil arafasida yig`iladi va yangi mavsum rejalarini tuzadi.
Mavsum-2018da Superliga bronza medallariga ega chiqqan Namanganning "Navbahor" jamoasi ham ayni paytda futbolchilariga dam bergan. "Lochinlar" jamoasi 5 yanvardan o`z qarorgohida yig`iladi. Dastlab Namanganda mashg`ulotlar olib boradigan "Navbahor" safida bir qator mahalliy va xorijlik futbolchilar ko`rikdan o`tishi rejalashtirilgan.
So`ngra 20 yanvar sanasidan jamoa Qrimda xorij yig`ini o`tkazadi. Namanganliklar Qrimda 1 fevralga qadar mashg`ulotlar olib borishi ko`zda tutilgan.