Futbolchi avval tibbiy ko`rikdan o`tadi, keyin shartnoma imzolanadi

2019 yilgi mavsum uchun litsenziyalash talablarida futbol klublari markazlashgan tibbiy ko`rikdan o`tishlari belgilab qo`yilgan. Professional futbol ligasi tibbiy xulosalar asosida futbolchiga o`z ligalarida o`ynash huquqini taqdim etadi.

Shu vaqtga qadar legioner futbolchilar bilan avval shartnoma tuzilgan va shundan keyingina ular tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan. Endi esa shuning aksi bo`ladi. Superliga va Pro-ligalarning biror klubi legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqchi bo`lsa, avval ularni rasman tibbiy ko`rikdan o`tkazadi. Keyin esa shuning xulosasi asosida shartnoma imzolaydi. Mahalliy futbolchilar bilan masala ham shu yo`sinda hal etiladi. 

Legioner futbolchilar uchun qo`yiladigan talablar tez kunlarda e`lon qilinadi. PFL tomonidan qo`yilgan litsenziyalash talablari bajarilmasa, futbol klublari legionerlar xizmatidan foydalana olmaydi. Legioner futbolchilar limit Superliga va Pro-Liga A uchun 4+1 ko`rinishida bo`ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb