
Shiddatli va murosasiz kurashlar ostida kechgan uchrashuvlar, kutilmagan natijalar-u ajoyib gollar taqdim etgan PEPSI Superliga-2018 yakunlanganiga hali uncha ko`p vaqt bo`lmadi.
Imkon qadar muxlislarga yoqadigan tomoshabop va har vaqt intrigani saqlab qoladigan tarzda chempionatni tashkil etishga harakat qilayotgan O`zbekiston Professional Futbol Ligasi bugun ortda qolgan mavsum davomida o`zini har tomonlama namoyish eta olgan eng yaxshi murabbiy, futbolchi, darvozabon, futzalchi va boshqalarni taqdirladi.
YILNING ENG YaXShI FUTBOLChISI - TIAGO BEZERRA (“PAXTAKOR”).
YILNING ENG YaXShI MURABBIYI - ANDREY FYoDOROV (“LOKOMOTIV”).
ENG YaXShI FUTZALChI - JAMOLIDDIN ShARIPOV (AGMK)
YILNING ENG YaXShI DARVOZABONI - ELDOR SUYuNOV (“PAXTAKOR”).
YILNING ENG ChIROYLI GOLI MUALLIFI - ShERZOD HAKIMOV (“NEFTChI”)
MAVSUM-2018 TO`PURARI - TIAGO BEZERRA (17 ta gol)
YILNING ENG YaXShI AYoL FUTBOLChISI - NILUFAR QUDRATOVA (“SEVINCh”)
YILNING ENG YaXShI YoSh FUTBOLChISI - OSTON O`RUNOV (“NAVBAHOR”)
FAIR PLAY MUKOFOTI - “NASAF”
ENG YaXShI MARKETING XIZMATI - “NAVBAHOR”
ENG YaXShI MATBUOT XIZMATI - “NASAF”
ENG BARQAROR MUXLISLAR JAMOASI - “NAVBAHOR”
ENG JONKUYaR MUXLISLAR JAMOASI - “ANDIJON”
YIL JASORATI - Ulug`bek Yangiboev. "Orol" - "Sho`rtan" bahsi vaqtida to`satdan xushini yo`qotgan raqib jamoa futbolchisi Islom Boysarievga zudlik bilan birinchi yordam ko`rsatdi va shifokorlarga katta yordam berdi. Unga sovrinni Islom Boysarievning o`zi taqdim etdi.
YIL IFTIXORI 2018 - Ilhom Shodiev. Ushbu futbol jonkuyari 5 nafar qizga otalik qilmoqda va qizlarning barchasi futbolchi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Yilning eng yaxshi futbolchisi, murabbiy, darvozaboni PFL mavsum davomida o`tkazib kelgan har oyning eng yaxshilarini aniqlash so`rovnomasi natijalari asosida aniqlandi.