Yilning eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar

Yangicha tartibda tashkil etilgan va yil boshidanoq ko`pchilikning o`zgacha qiziqishini torta olgan O`zbekiston Superligasining 2018 yilgi mavsumi ham ortda qoldi.

 

Mavsum-2018 yilda bir qator murabbiy, futbolchi va darvozabonlar ishonchli, ko`pchilikka manzur keladigan o`yin namoyish etib, futbol jamoatchiligi olqishlariga sazovor bo`lishdi.

 

Professional Futbol Ligasi bugun ortda qolayotgan Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o`tkazadi. Yil yakunlariga bag`ishlab o`tkaziladigan marosimda o`z yo`nalishi bo`yicha eng yaxshi deya e`tirof etiluvchi nomzodlar eng yaxshilar uchun atalgan mukofotlarni qabul qilib olishadi.

 

PFL rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida turli nominatsiyalarda eng yaxshi bo`lish uchun nomzodlar nomini e`lon qilib boradi.

 

 

 

Yilning eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar 

 

MARAT BIKMAEV (“LOKOMOTIV”). “Lokomotiv” jamoasi hujumchisi – Marat Bikmaev xuddi 2017 yilda bo`lgani kabi 2018 mavsumda ham barqaror o`yin ko`rsatdi. Mahoratli o`yinchi 29 ta o`yinda maydonga tushib, 14 marta raqiblari darvozasini ishg`ol etdi va “Lokomotiv” tarkibida mamlakat chempionati oltin medallariga ega chiqdi. 

 

 

 

TIAGO BEZERRA (“PAXTAKOR”). Tiago Bezerra ortda qolgan mavsumda “Paxtakor” jamoasining eng asosiy figurasi sifatida gavdalandi va PEPSI  Superliga-2018 davomida 17 ta gol kiritib, chempionat to`purari bo`lishga muvaffaq bo`ldi. Qolaversa, “Paxtakor” jamoasining kumush medallariga ega chiqishida salmoqli xissa qo`shdi. 

 

  

JAVLON IBROHIMOV (“BUNYoDKOR”). Ushbu futbolchi 2018 mavsumda “Bunyodkor” jamoasining har jabhada etakchisi bo`ldi va 27 ta o`yinda maydonga tushib, 11 bora raqiblari darvozasini aniq nishonga oldi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb