Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar

Yangicha tartibda tashkil etilgan va yil boshidanoq ko`pchilikning o`zgacha qiziqishini torta olgan O`zbekiston Superligasining 2018 yilgi mavsumi ham ortda qoldi. 

Anchagina qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarni siz-u bizga taqdim eta olgan 2018 yilda bir qator murabbiy, futbolchi va darvozabonlar ishonchli, ko`pchilikka manzur keladigan o`yin namoyish etib, futbol jamoatchiligi olqishlariga sazovor bo`lishdi. 

Professional Futbol Ligasi 14 dekabr kuni soat 18:00da “O`zekspomarkaz” Kongresslar zalida ortda qolayotgan Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o`tkazadi. Yil yakunlariga bag`ishlab o`tkaziladigan marosimda o`z yo`nalishi bo`yicha eng yaxshi deya e`tirof etiluvchi nomzodlar eng yaxshilar uchun atalgan mukofotlarni qabul qilib olishadi. 

PFL rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida turli nominatsiyalarda eng yaxshi bo`lish uchun nomzodlar nomini e`lon qilib boradi.  

 

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar

KAMILA ZARIPOVA (AGMK).   

Ushbu futbolchi mavsumni juda barqaror tarzda o`tkazdi va milliy chempionat bahslarida 35 marta raqibalari darvozalarini ishg`ol etishga erishdi.   

 

LYuDMILA KARAChIK (“BUNYoDKOR-W”).  

Ushbu futbolchi mavsumni juda ko`tarinki ruhda o`tkazdi va 24 ta golga mualliflik qildi. Qolaversa, “Bunyodkor-W” jamoasining chempionlikni qo`lga kiritishida katta xissa qo`shdi. 

 

NILUFAR QUDRATOVA (“SEVINCh”).   

Ushbu futbolchi yil davomida o`zining to`purarlik qobiliyatini namoyish etdi va yakunda chempionat doirasida raqibalari darvozalarini 65 marta ishg`ol etishga muvaffaq bo`ldi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb