Yilning eng yaxshi murabbiyi bo`lish uchun nomzodlar

Yangicha tartibda tashkil etilgan va yil boshidanoq ko`pchilikning o`zgacha qiziqishini torta olgan O`zbekiston Superligasining 2018 yilgi mavsumi ham ortda qoldi.

Anchagina qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarni siz-u bizga taqdim eta olgan 2018 yilda bir qator murabbiy, futbolchi va darvozabonlar ishonchli, ko`pchilikka manzur keladigan o`yin namoyish etib, futbol jamoatchiligi olqishlariga sazovor bo`lishdi.

Professional Futbol Ligasi 14 dekabr kuni ortda qolayotgan Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o`tkazadi. Yil yakunlariga bag`ishlab o`tkaziladigan marosimda o`z yo`nalishi bo`yicha eng yaxshi deya e`tirof etiluvchi nomzodlar eng yaxshilar uchun atalgan mukofotlarni qabul qilib olishadi.

PFL rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida turli nominatsiyalarda eng yaxshi bo`lish uchun nomzodlar nomini e`lon qilib boradi.

 

 

Yilning eng yaxshi murabbiyi bo`lish uchun nomzodlar

MIRJALOL QOSIMOV (“BUNYoDKOR”). Ushbu mutaxassis qo`l ostida "Bunyodkor" jamoasi barqaror o`yin namoyish etdi va o`z ishqibozlarini mudom g`alabalar bilan xushnud etdi. 

 

ANDREY FYoDOROV (“LOKOMOTIV”). Aprel oyida "Lokomotiv" jamoasini biroz muvaffaqiyatsiz startdan so`ng qabul qilib olgan ushbu murabbiy qisqa vaqt ichida jamoadagi g`alaba shashtini qaytara oldi va yakunda "temiryo`lchilar"ni chempionat oltin medallariga etaklashning uddasidan chiqdi. 

  

BAXTIYoR AShURMATOV (AGMK).  AGMK jamoasi ortda qolgan mavsumni 2 xil o`tkazdi, deyish mumkin. Olmaliqliklar chempionatda biroz omadsiz yurish qilishdi. Lekin mavsumning ikkinchi yarmini Baxtiyor Ashurmatov qo`l ostida o`tkazgan AGMK o`z tarixida ilk marta mamlakat kubogini qo`lga kiritishga erishdi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb